Home / Ақоид ва Калом / Тавҳид / Ilohiy dunyo qarashning ba’zi bir belgilari

Ilohiy dunyo qarashning ba’zi bir belgilari

   Xudojo’y va Xudoga ishonadiganlar, shu aqidaga egadirlarki, dunyo juda ham firibgardir va uning hech bir jilvasiga ko’ngil bog’lab bo’lmaydi. Hamda dunyodan to’g’ri yashab o’tish va shuningdek, tanho najot yo’li, Alloh taoloning yordami bilan amalga oshadi.

Ular o’zlarining hayot va o’limlarini Xudoning qo’lida, deb biladilar. Aytadilarki, biz buyuk amr uchun dunyoga kelganmiz va to «Uniki» bo’lguncha, uzoq yo’l oldindadir va juda ko’p mehnat (harakat) qilish kerak. Dunyo, mehnat qilish va insoniy kamchiliklarni tuzatish makonidir. Ular olamni Allohning o’zgacha bir jilvasi, deb bilurlar, xolos va bu go’zal olamga boqishlari bilan o’z Parvardigorlariga hamdu-sanolar aytadilar.
  Ularning aqidasiga ko’ra, inson bamisoli bir kitob emas-ki, avvalgi va oxirgi sahifasi yirtilgan bo’lsin; Olam ularning nazarida avvaliga ega va u Xudodir va oxiriga ega-ki, o’zga jahondir. Va agar inson istasa, barcha ilohiy go’zalliklarni o’zida mujassam qila oladi.
Undaylar Allohni olamni yaratuvchisi, deb biladilar va Uni hikmat egasi deydilar. Ya’ni Alloh taoloni bir »Hakim«, deb bilib, hech qachon benatija va behuda ishni amalga oshirmaydilar.
Binobarin, Alloh taolo olamni xos bir maqsad uchun yaratgan, shuning uchun inson bu yo’lda qadam qo’ymog’i lozim.
Ilohiylar shunday fikr yuritadilarki, Alloh barcha amallarimizga nazar soluvchidir va shuning uchun oxirat nomli o’zga jahonda hamma amallarimizning javobini bermog’imiz lozim, shunga ko’ra, har bir ishimizga ehtiyot bo’lishimiz kerak-ki, Uning nazari ostida bajarayapmiz. Mabodo birovga zulm qilib qo’ysak, mabodo birovning haqqini esak va hkz…
Ularning nazarida inson, maxluqotlarning eng yuksagidir; ya’ni olamning ajoyib-u g’aroyib qonunlari va uzoq-uzoqlardagi yulduzlar va barcha maxluqot-u mavjudotlar, insonning yuksalishi va kamolotga erishishi uchun yaratilgandir. Ushbu nazariyada insonning mavjudligi yaralish qonuniyatining eng mukammal mavjudotidir.
Binobarin, hech kim bu qonuniyatda sarson-u sargardon emas. Balki Alloh taolo ular uchun ko’plab dasturilamallarni yo’llagan. SHu jumladan uning haqiqiy kamolotga erishishi uchun, ixtiyor nomiga ega «kuch-quvvat» bergandir.
  Ixtiyor quvvati, ne’matlarlarning ichida eng yuksagidir-ki, unga olamning barcha mavjudotlari ichida faqat insonlarni musharraf qilgan. Ushbu nazariyada ichki istagi orqali yaxshi va yomon bo’la oladigan tanho mavjudot insondir.
  Hikmatli Alloh insonlarni hidoyat qilishi uchun payg’ambarlarni yuboradi. Toki, ular ilmu ma’rifatning eng asosiy masalasi bo’lmish haq yo’lni va kamolotni ko’rsatsinlar.
  Bu nazariyada, adolat (xoh ijtimoiy bo’lsin xoh shaxsiy ) asosiy maqsaddir va shunday insonlar bo’lishi kerakki, adolatni o’rnatsinlar. Har kim yaxshi yoki yomon ish qilsa, albatta o’zga jahonda amallarining mukofoti yoki jazosini ko’rajak.
  Bu nazariyaning olamda ko’plab tarafdorlari bo’lib, jahon jamiyatining deyarli ko’pchiligi ushbu g’oyaga e’tiqod qiladilar.
  1.    Ilohiy dunyo qarashning qarama-qarshisidagi g’oya, moddiy dunyo qarashdir. Moddiy dunyo qarashda inson na avvaliga egadir va na oxiriga. Uning yaratuvchisi jonsiz moddadirki, na fahmu farosatga egadir va na aqlu idrokka.
  Insonning yaralishida na maqsad ko’rsatib qo’yilgan va na insoniy ma’naviyatga e’tibor qaratilgan. Bu nazariyada inson bir mavjudotdirki, bu moddiy olamda qamrab olingandir va bu necha kunlik umridan ola olganicha lazzat olishi kerak.
  Yuksaklik insonda lazzatdir, har kim dunyodan ko’proq foyda va lazzat ola olsa baxtliroqdir. Agar lazzat olmasak zarar qildik; chunki o’lim bilan hammasi tugaydi .
  2. Hamma ilohiy dinlarga e’tiqod qiladiganlar shunday fikr yuritadilar.
Bu nazariyani falsafiy g’oya shakliga ham kirgizganlar. Progmatizm g’oyasi shudir. Ya’ni har bir inson ko’proq foyda olishi kerak, hatto bu ish boshqa insonlarning halok bo’lishiga sababchi bo’lsa ham, chunki, asl maqsad shundan iboratki, ba’zilar qolib foyda oladilar va boshqa ba’zilar esa o’lib va hech narsaga erisha olmaydilar.
Payg’ambarlar bashariyatning orqada qolishiga sabab bo’ladilar. Borliqni yaratgan Tangri taolo bu nazariyada hech ma’noga ega emasdir; Inson puch bir mavjud bo’lib, agar lazzatga erishmasa, o’zini halok qilgani yaxshiroqdir. Keksayib qolgan chol va kampirlarni »havo ampuli« bilan o’ldirish kerak, toki, ko’p azob chekmasinlar. SHuning uchun har kim bu dunyodan lazzat olsa, qolishi kerak va har kimki, lazzat ololmasa, ketishi kerak.
  Agar yaxshiroq nigoh tashlasak, bu nazariyada Alloh yaratuvchi bo’lmaganligi uchun, Xudoning elchilari bo’lmish, payg’ambarlardan so’z ochish foydasizdir. Allohning adolati va shu jumladan barcha ilohiy sifatlari xususida suhbatlashish foydasizdir. Bu nazariyada olam oxiriga ega bo’lmaganligi uchun, qiyomat to’g’risida  bahslashish ham kerak emas. Agar ilohiy dunyo qarashning xususiyatlariga yaxshiroq nazar solsak, shuni bilib olamizki, ilohiy nazariya besh asosga ega:
  1.  Xudoshunoslik;
  2.  Adolat;
  3.  Payg’ambarshunoslik;
  4.  Imomat;
  5.  Ma’od ( oxirat ).
  Moddiy g’oya esa «moddiyunlik», deb atalmish bir asosga egadir, u ham bo’lsa «dunyoda lazzatlanib yashash».
  Shunday fikr hosil bo’ladiki, agar biz ilohiylarning besh asoslari to’g’risida bahslashsak, yaxshiroqdir; chunki, agar Xudo, qiyomat va payg’ambarlar to’g’risida ma’lumot qo’lga kiritsak, hech qanday zarar qilmagan bo’lamiz. Chunki, biz ham bu dunyoda bo’lganmiz va agar moddiyunchilardan yaxshiroq yashamagan bo’lsak ham ulardan yomonroq ham yashamagan bo’lamiz. Ammo agar tanho dunyo haqida fikr yuritsak, zarar qilgan bo’lamiz; Chunki Xudo va payg’ambarlar xususida ham fikr yuritish lozim edi.
  Boshqa ibora bilan aytganda, ilohiy dunyo qarash bilan izlanuvchilar, hatto agar haqiqat moddiyunchilar tomonida bo’lgan taqdirda ham zarar ko’rmagan bo’lardilar. Chunki, moddiy dunyo qarash moddiy olam ichida chegaralangandir, ilohiylar va moddiylar har ikkalasi moddiy olamda yashaydilar. Ammo agar ilohiy dunyoqarashni chetga surib qo’yib, moddiy dunyoqarashga yondashsak va haqiqat ilohiylar tomonida bo’lsa, qat’iyan zarar qilgan bo’lamiz. Chunki, ilohiy dunyoqarash dunyodan tashqari oxiratni ham o’z ichiga qamrab oladi; Unda besh asosga ega ilohiy dunyoqarash xususida bahs yuritsak yaxshiroqdir. Agar aqlga muvofiq bo’lsa, qabul qilamiz va agar muvofiq bo’lmasa va biz uni qabul qilmasak, hech zarar qilmagan bo’lamiz, chunki xuddi moddiyunlardek yashagan bo’lamiz.
  Ilmiy bahsimizning oxirida, imom Rizo (alayhis salom) dan yuqorida aytib o’tilgan mavzuimiz bilan bog’liq hadis bilan tanishamiz:
   Bir kuni Alloh, payg’ambarlar va qiyomat kuniga nisbatan hech  e’tiqodga ega bo’lmagan bir kishi imom Rizo (alayhis salom) ning huzurlariga kelib, dedi: «Men Alloh, payg’ambarlar va qiyomatga nisbatan hech qanday e’tiqodga ega emasman; shunday ekan, nima uchun men sizlar e’tiqod qilgan amallaringizni bajarishim kerak?!» Hazrat Rizo (alayhis salom) buyuradilar:

  «Hatto agar Alloh, payg’ambarlar, qiyomat va hokazolarga e’tiqoding bo’lmasa ham, bizdek amal qilmog’ing lozim. O’limning borligiga shubha qilasanmi?», U shaxs aytdi: «Men o’limning mavjudligiga hech shak-shubha qilmayman.» Hazrat buyurdilar: «Unda xuddi bizdek namoz o’qishing, ro’za tutishing va hokazolarni bajarishing kerak.»
U shaxs taajjub bilan dedi: Mening hech narsaga e’tiqodim bo’lmasa, siz esa mening xuddi sizlardek amal qilishimni aytasiz?»
  Hazrat buyurdilar: «Agar haqiqat sizlar tomonda bo’lsa, Alloh, qiyomat va payg’ambarlar bo’lmasa, o’limdan so’ng na sizlar zarar qilgan bo’lasizlar va na biz. Chunki, ikkalamiz ham o’lgan bo’lamiz va hech hodisa ro’y bermagan bo’ladi. Ammo agar mening gapim to’g’ri bo’lsa, (Xudo va qiyomat mavjud bo’lsa) sizlar o’limdan so’ng zarar ko’rgan bo’lasizlar. Lekin men zarar qilmagan bo’laman.»

Share

Check Also

Нега шиалар охиратда Аллоҳнинг жамолини кўз билан кўриб бўлмайди дейишади?(7)

БИСМИЛЛАҲИР РОҲМАНИР РОҲИЙМ Аллоҳ таолони кўз билан кўришни инкор этувчи оятлар: Ушбу масалада мезон ва …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.