Home / Аҳли-Байт / Имом Соҳибаз-Замон (а.ж) / Imom Mahdi (a.j) bilan aloqada bo’lgan xos insonlar

Imom Mahdi (a.j) bilan aloqada bo’lgan xos insonlar

Imom Mahdi (Alloh kelishlarini tezlashtirsin) umrlarining dastlabki davrida (buzrukvor otalari imom Hasan Askariyning tiriklik chog’larida) xos shialar ul hazratning huzurlariga sharafyob bo’lishgan, jumladan qirq nafar o’n birinchi imom Hasan Askariy (alayhis salom) ning huzurlariga kelib ul zotdan o’zlaridan keyingi hujjat va imomni ularga ko’rsatib tanishtirishlarini istashdi.

Imom ham ularning talabiga binoan shunday qildilar. Ular oyning bir parchasiga o’xshash o’g’il bolani ko’rishdi, otalariga o’xshar edilar. Shunda imom Hasan Askariy (alayhis salom) buyurdilar: «Mendan so’ng bu bola sizlarning imomingiz va mening sizlar orangizdagi xalifam va vorisimdir. Uning amriga bo’yinsuning, uning rahbarligi atrofidan tarqalib ketmang, oqibat halok bo’lgaysiz va diningiz buzg’unlikka uchragay. SHuni ham bilingizki, sizlar uni bugundan so’ng uzoq zamonga qadar ko’rmagaysiz. Demak, uning noyibi bo’lmish Usmon ibn Saidga itoat qiling.» Shuning bilan, o’n birinchi imom Hasan Askariy (alayhis salom) kubro g’aybati (uzoq muddat davom etadigan g’oyiblik davri)ning yuz berishini yorqin tarzda bayon etib, imom Mahdi (Alloh kelishlarini tezlashtirsin) ni shialar jamoasiga tanishtirdilar va rahbarlik va yo’lboshchilik tizmasi davom etishini e’lon qildilar.
  Imom Mahdi (Alloh kelishlarini tezlashtirsin) ning huzurlariga sharafyob bo’lgan insonlardan biri hijriy qamariyning uchinchi asrida yashab o’tgan mutafakkir va faylasuf Abu Sahl Navbaxtiydir. Imom Mahdi (Alloh kelishlarini tezlashtirsin) maxfiy va yashirin holda hayot kechirardilar, toki, buzrukvor otalari imom Hasan Askariy (alayhis salom) hijriy qamariyning 260-yili, rabiul avval oyining 8-kuni olamdan o’tdilar.
  Islom sunnatiga binoan, o’sha kuni imom Mahdi (Alloh kelishlarini tezlashtirsin) o’z ulug’vor otalarining muqaddas va mutahhar badanlariga mayyit namozini o’qimoqlari lozim edi, to Abbosiylarning zolim va sitamkor xalifasi imomat va peshvolik jarayoni tugagan deb e’lon qila olmasin yoki yovuz kimsalar uni asl yo’lidan og’dira olmay, diniy peshvolik va ma’naviy vorislikni boshqalarning qo’liga topshirib qo’ymasinlar. Shunda u erda to’plangan xaloyiq porloq quyosh kabi butkul shukuh-shavkat bilan imom Hasan Askariy (alayhis salom) ning uylaridan chiqqan yosh bolani ko’rdilar. Ul hazrat imom Hasan Askariy (alayhis salom) ga mayyit namozini o’qishga hozirlangan o’z amakilari Ja’far Kazzobni chetga surdilar va otalarining pok-mutahhar badanlariga mayyit namozini o’qidilar. (SHayx Tusiyning Al-G’aybah kitobi, 148-bet)

Share

Check Also

ИНСОНИЯТ НАЖОТКОРИНИНГ ИНТИЗОРИДА (31)

БИСМИЛЛАҲИР РОҲМАНИР РОҲИЙМ Нажоткор томон глобал чақириқ Нажоткорнинг солиҳ ва адолатли ҳукуматининг ахлоқий хусусиятлари ДУШМАН БИЛАН …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.