Home / Аҳли-Байт / Имом Соҳибаз-Замон (а.ж) / Qisqa muddatli g’aybat yoki sug’ro g’aybati

Qisqa muddatli g’aybat yoki sug’ro g’aybati

  Sug’ro g’aybatining muddati etmish yildan uzoq davom etmadi. Sug’ro g’aybatining muddati hijriy qamariyning 260-yilidan boshlanib 329-yiligacha davom etdi. Ushbu muddat mobaynida xos noiblar imom Mahdi (Alloh kelishlarini tezlashtirsin) ning huzurlariga sharafyob bo’lar

va xalqning savollarini va Imomning javoblarini etkazib berar edilar. Imomning huzurlariga sharafyob bo’lish iftixoriga muyassar bo’lgan xos noiblar to’rt nafardan iborat bo’lib, «nuvvob xos» yoki «maxsus noiblar» unvoni bilan tanilganlar.
  Imom Mahdi (Alloh kelishlarini tezlashtirsin) ning xos noiblarining birinchisi Usmon ibn Said Asadiydir. U aftidan hijriy qamariyning 260-yilidan so’ng vafot etgan va Bag’dod shahrida dafn etilgan. Usmon ibn Said o’ninchi va o’n birinchi imomlarning ishonchli shogirdlari va yoronlaridan bo’lib, imomlarning tarbiyalari ostida parvarish topgan edi.
  Muhammad ibn Usmon imom Mahdi (Alloh kelishlarini tezlashtirsin) ning ikkinchi xos noiblari bo’lib, birinchi noib Usmon ibn Saidning o’g’illaridir. Bu zot hijriy qamariyning 305-yilida vafot etib, Bag’dod shahrida dafn etilganlar. Muhammad ibn Usmon hazratlarining noiblik muddati qirq yil davom etadi.
  Husayn ibn Ruh Navbaxtiy imom Mahdi (Alloh kelishlarini tezlashtirsin) ning uchinchi xos noiblari bo’lib, ul hazrat hijriy qamariyning 326-yilida vafot etganlar.
  Ali ibn Muhammad Samuriy imom Mahdi (Alloh kelishlarini tezlashtirsin) ning to’rtinchi xos noiblari bo’lib, hijriy qamariyning 329-yilida vafot etganlar va Bag’dod shahrida dafn etilganlar. Bu ulug’ zotning qabrlari buyuk olim va muhaddis Muhammad ibn Ya’qub Kulayniy hazratlari maqbarasining yaqinida qaror topgan.
  Yuqorida zikr etilgan to’rt xos noiblar taqvodor, parhizkor va ma’rifatli etuk diniy olimlar bo’lib, sug’ro g’aybati davrida ko’zlardan g’oyib bo’lagan imom Mahdi (Alloh kelishlarini tezlashtirsin) bilan xalq orasida vositalik vazifasini o’taganlar. Ular xalqning turli muammo va mushkullarini imom Mahdi (Alloh kelishlarini tezlashtirsin) ga etkazib berib, hal etishda ulkan xizmatlar ko’rsatganlar.

Share

Check Also

ИНСОНИЯТ НАЖОТКОРИНИНГ ИНТИЗОРИДА (31)

БИСМИЛЛАҲИР РОҲМАНИР РОҲИЙМ Нажоткор томон глобал чақириқ Нажоткорнинг солиҳ ва адолатли ҳукуматининг ахлоқий хусусиятлари ДУШМАН БИЛАН …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.