Site icon Najot Kemasi sayti

Insonlar taqdirining o’zgarishi sababi

(ذَلِكَ بِأَنَّ اللَّهَ لَمْ يَكُ مُغَيِّرًا نِعْمَةً أَنْعَمَهَا عَلَى قَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنْفُسِهِمْ وَأَنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ)

  Bunday bo’lishi Alloh bir qavmga bergan ne’matini toki ular o’zlarini o’zgartirmagunlaricha o’zgartiruvchi bo’lmasligi va Alloh eshitguvchi va bilguvchi zot bo’lganidandir. (Anfol surasi, 53-oyat)
  Ko’pgina hadislarda zulm va gunohdek omillar, ilohiy ne’matlarning o’zgarishiga sababchi deb hisoblanadi.

Hamda gunoh va adashishlikdan qaytish va haq yo’lda harakat qilish, turli-tuman ilohiy ne’matlarning yog’ilishi sababchisidir.
  Gunohlar va zulmu sitam insonni ilohiy lutfdan bahramand bo’lishlikdan uzoqlashtiradi.
  Hazrat Ali (alayhis salom) ning Molik Ashtarga yozgan nomalarida o’qiymiz: Hech narsa zulmu sitamdek ilohiy ne’matlarni o’zgartirmaydi. Chunki Alloh taolo mazlumning nolasini eshitadi va zolimlarning kamingohi (pistirmasi)dadir.
  Imom Sodiq (alayhis salom) buyuradilar: Hamisha ma’siyat va gunohlaringizning azob va uqubati bo’lmish, kechayu kunduz qiyinchiliklari va mushkilotlari uchun Tangridan panoh istang.

Exit mobile version