Home / Китобларни юкланг / лотинча китоблар / QUR’ОNDA E’TIQОD ASОSLARINI O‘RGANAMIZ

QUR’ОNDA E’TIQОD ASОSLARINI O‘RGANAMIZ

Ahli-Bayt mazhabiga tobe bo‘lgan musulmonlarning dunyoqarashi hamda ularning borliq va voqelikka nisbatan bo‘lgan g‘oyasi boshqa toifadagi musulmonlardan farqlanib, ular dinning quyidagi asosiga yondashadilar:

  1.     Tavhid (Allohning yagonaligi yoxud yakkaxudolik)
  2.     Allohning odilligi (Alloh adolatli zotdir)
  3.     Nubuvvat (payg‘ambarlarga iymon)
  4.     Imomat (Ummatga rahnamolik qilish ilohiy mansabdir)
  5.     Maod (qiyomat va qayta tirilishga inonmoq)

Ahli-Bayt mazhabiga bo‘yin eggan musulmonlarning mafkurasi bo‘yicha, yuqorida zikr qilingan dinning asoslari islom olamidagi e’tiqodning negizini tashkil etishi shubhasizdir. Shu bois, islomdagi boshqa mazhablarning e’tiqodida o‘rin topgan din asoslaridan farqli ravishda Ahli-Bayt mazhabining e’tiqod majmuida Allohning odilligi va imomat ham e’tiqod asoslaridan hisoblanadi. Ushbu aqiyda kitobi yuqoridagi dinning asoslariga ilmiy-tahliliy qarash asosida teran dalil-isbotlar bilan haqiqatni oydinlashtirishga harakat qiladi. Hozirgi zalvorli vaziyatda haqiqatni izlovchi har bir insonga ushbu kitobni diqqat bilan o‘qib chiqishni tavsiya etamiz.

Kitobning o‘lchami: 3,78 MB (3 969 024 bytes)

QUR’ОNDA-E’TIQОD-ASОSLARINI-O‘RGANAMIZ

yuklab-olish

Share

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.