Home / Аҳли-Байт / Имом Соҳибаз-Замон (а.ж) / Imom Mahdi (a.j) zuhur qilganlaridan so’ng aytadigan ilk so’zlari

Imom Mahdi (a.j) zuhur qilganlaridan so’ng aytadigan ilk so’zlari

  Alloh taolo imom Mahdi (Alloh kelishlarini tezlashtirsin) ga zuhur qilish uchun izn bergach, ul janob olamni tuzatish va isloh qilish uchun Allohning uyi bo’lmish Ka’baning yonidan zuhur qilajaklar va g’aybat pardasining ortidan chiqib birinchi bo’lib ushbu so’zni aytajaklar:

 بَقِیَةُ اللهِ خَیْرٌ لَکُمْ

  Muhammad ibn Muslim imom Boqir (alayhis salom) dan naqlgan hadisda ul hazrat buyurmishlar:

«Imom Mahdi (Alloh kelishlarini tezlashtirsin) Ka’baning devoriga suyanajak va uch yuz o’n uch kishi ul zotning huzuriga to’plangay va ul hazratning aytadigan ilk kalomi ushbu oyati karima bo’lgay:  بَقِیَةُ اللهِ خَیْرٌ لَکُمْ إِنْ کُنْتُمْ مُؤْمِنِینَ «Allohning qoldirgan narsasi sizlar uchun yaxshiroqdir, agar Allohga imon keltiruvchilar bo’lsangiz.»

  So’ngra ul janob marhamat qilib aytadilar:

  «Men Allohning er yuzida qoldirganidirman, ey xaloyiq, ogoh bo’lingiz, kimki Odam va Shiysga qaramoqchi bo’lsa, menman Odam va Shiys (xulq-atvor, xususiyatlar va fazilatlarga ega bo’lish nuqtai nazardan.) Kimki Nuh va uning o’g’li Somga qaramoqchi bo’lsa, menman Nuh va Som. Kimki Iso va Sham’unga qaramoqchi bo’lsa, menman Iso va Sham’un. Kimki Muso va Yusha’ga qaramoqchi bo’lsa, menman Muso va Yusha’. Kimki Muhammad (sallallohu alayhi va olihi vasallam) va mo”minlar amiri Ali (alayhis salom) ga qaramoqchi bo’lsa, menman Muhammad va Ali. Kimki Hasan va Husayn (alayhimas salom) ga qaramoqchi bo’lsa, menman Hasan va Husayn. Kimki imomlarga va Husayn avlodlariga qaramoqchi bo’lsa, menman o’sha imomlar va Husayn avlodlari. Demak, Meni ijobat qilib, qabul etishlaringni so’rayman. Shubhasiz, men sizlarga xayr-barakot etkazgayman.» (Al-imomul Mahdi minal mahdi ilaz-zuhur, 515-bet, Bihorul anvor, 53-jild, 9-bet)

Share

Check Also

ИНСОНИЯТ НАЖОТКОРИНИНГ ИНТИЗОРИДА (31)

БИСМИЛЛАҲИР РОҲМАНИР РОҲИЙМ Нажоткор томон глобал чақириқ Нажоткорнинг солиҳ ва адолатли ҳукуматининг ахлоқий хусусиятлари ДУШМАН БИЛАН …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.