Home / Ахлоқ ва исломий тарбия / Allohning rahmatiga umid bog’lang

Allohning rahmatiga umid bog’lang

Husayn ibn Ilvon aytadi:
Safarda pulim tugab qolgan edi, shunda do’stlardan biri menga dedi:
Bu hojating ravo bo’lishi uchun kimga umid bog’lagansan?
Dedim: falonchi shaxsga.

U dedi: Demak, Allohga ont bo’lsinki, hojating ravo bo’lmas.
Dedim: Alloh seni o’z rahmatiga olsin. Sen buni qaerdan bilding? SHunda dedi:
  Imom Sodiq (a.s) marhamat qilib buyuradilar: Alloh taolo shunday buyuradi:
Izzatim, yuksakligim va arshimga qasamyod etib aytamanki, Mendan boshqaga umid bog’lagan har bir shaxsning orzusini noumidlik bilan uzgayman, xaloyiq nazdida uni xoru zalil qilgayman, uni O’z dargohimga yaqinlashishdan quvgayman va fazl-karamimdan uni yiroqlashtirgayman. U og’ir holda qolganda Mendan boshqaga umid bog’laydimi? Holbuki, mushkullarni oson etish Mening qo’limdadir.
  Va u Mendan boshqaga umidvor bo’ladimi? O’z fikrida Mendan boshqaning eshigini qoqadimi? Vaholangki, barcha yopiq eshiklarning kaliti Mening nazdimdadir. Mendan madad so’raganga Mening dargohim eshigi ochiqdir. Og’ir kunlarida Menga umid bog’lagan qay bir shaxsning umidini uzganman? Kim o’zining buyuk ishlarida Menga umid qilgan bo’lsin-u va Men uning umidini O’zimdan uzgan bo’lay?
  Men bandalarimning orzularini o’z xuzurimda saqlagayman va ular esa Mening saqlashimga rozi bo’lmaydilar. Va osmonlarimni Menga tasbih aytishdan toliqmaydigan mavjudotlarga to’ldirganman va ularga: Men bilan bandalarim o’rtasidagi eshiklarni yopmanglar, deb buyruq berganman.
  Biroq bandalarim Mening so’zimga ishonmaydilar. O’sha banda bilmaydimi Men tomondan biror bir hodisa uning boshiga tushganda Mening iznimsiz hech bir shaxs o’sha hodisani undan bartaraf eta olmaydi?
  Demak, nega Mendan yuz o’giradi? Men O’zimning fazlu karamim bilan Mendan istamagan narsani unga beraman, so’ngra uni undan olaman va u o’sha narsani qaytarib berishni Mendan tilamay, o’zgadan istaydimi?
  U biladiki, Mendan so’rashdan ilgari unga ato etgayman, biroq agar Mendan tilasa, Men unga javob bermasmanmi?
  Men baxilmanmi bandam meni baxil deb biladi?
  Fazlu karam Men tomondan emasmi?
  Avf va rahmat Mening qo’limda emasmi?
  Men orzular makoni emasmanmi? Demak, kim orzularni Menga etib kelishidan oldin to’sa oladi?
  Mendan boshqaga umidvor bo’lgan kimsalar qo’rqmaydilarmi?
  Agar butun osmonlar va er ahli Menga umid bog’lashsa va Men ularning har biriga ularning barchasi umid qilgan miqdorda ato etsam ham, chumolining a’zosichalik Mening mulkimdan ozaymas.
  Qandayiga Men boshqaradigan mulkdan ozayishi mumkin? Demak, Mening rahmatimdan noumid bo’lgan shaxslarning holiga voy bo’lsin, Menga itoatsizlik qilib, Mendan qo’rqmaydigan kimsalarning holiga voy bo’lsin. (Usuli-Kofi, 3-jild, 72-hadis, 107-bet)

Share

Check Also

Ҳаётингиз давомида ризқ ва барака кўпайишини хоҳлайсизми?!

БИСМИЛЛАҲИР РОҲМАНИР РОҲИЙМ Ушбу суҳбатимизда эътиборингизни ўта теран маъноли бўлган уч сўзга қаратмоқчимиз: Неъмат сўзи, …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.