Home / Ахлоқ ва исломий тарбия / «Nahjul balog’a»dan darslar

«Nahjul balog’a»dan darslar

  Hazrat Ali (alayhis salom) hayotda yashab orttirgan fikrlari va tajribalarining xulosalarini o’z o’g’illari, imom Hasan (alayhis salom) ga ta’rif qilganlar va shuningdek o’z so’zlari bilan o’g’illariga yashamoqning eng yaxshi va go’zal yo’llarini ko’rsatganlar.

  Bu erda sizlar uchun foydali va qimmatli tavsiyalardan bir nechtasini  tanladik, to sizlar ham yashamoqning eng yaxshi yo’llari bilan tanishing va bu tavsiyalarga amal qilib, baxtli hayot kechiring.
  Ey Hasan! Shijoatli va imonli insonlar zulm-u sitam qarshisida jim o’tirmaydilar va zolimlarga qo’llari va tillari bilan qarshilik ko’rsatadilar; sen ham din peshvolarining uslubiga ergashishga majbursan va yomon amallarga jasurlik bilan e’tiroz bildirishing kerak.
  Agar bir kun xalq xizmatida boshliq bo’lishga erishsang, hatto eng kichik fitna-yu fasoddan qattiq uzoqlashgin.
Ey o’g’lim! Diniy ilmga erishish uchun harakat qilgin va hamisha ilm izlovchi va ilm istovchi bo’lgin. Hayotda, hamma ishlarda Allohga tavakkal qilgin va Allohni o’zingning eng yaxshi panohing deb hisoblagin. Meribon qodir Alloh eng yaxshi himoyachi va asrovchidir.
  Ey Hasan! Shuni bilginki, turli xil bilimlarning ichida, insonlarga ko’proq foydasi tegadigan ilmning qadru-qimmati balandroqdir. Qaysi ilmning foydasi tegmasa va insonlarni hidoyat qilmasa, u ilm emasdir.
O’g’lim! Hamma Payg’ambarlarga nazar solgin va bilginki, din va axloq peshvolarining ichida xuddi Payg’ambarimizdek insonni zamon ko’rmagan.
  Ey Hasan! Hech qachon hayotingda xudbin bo’lmagin. Har narsani o’zingga ravo ko’rsang, boshqalarga ham ravo ko’r va hamisha xalqsevar va (xalqning jon kuyari bo’lgin).
  Qandayki boshqalar senga zulm va sitam qilmasliklarini istasang, sen ham shunday boshqalarga zulm va sitamni ravo ko’rma. Boshqalarning yaxshiligidan qanday xursand bo’lsang, sen ham ularga shunday yaxshilik qilgin.
Yomonlik, yomonlikdir. Xoh sen uchun bo’lsin va yo xoh hamsoyang uchun.
  Yaxshilik (go’zallik) yaxshilikdirki hamma uchun; Shuning uchun yaxshilikni hamma uchun tanlagin va yomonlikni hammadan uzoqlashtirgin.
  Bilmagan narsang to’g’risida so’zlamagin va hech qachon mutakabbir va xudbin bo’lmagin.

Share

Check Also

Ҳаётингиз давомида ризқ ва барака кўпайишини хоҳлайсизми?!

БИСМИЛЛАҲИР РОҲМАНИР РОҲИЙМ Ушбу суҳбатимизда эътиборингизни ўта теран маъноли бўлган уч сўзга қаратмоқчимиз: Неъмат сўзи, …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.