Home / Қурони Карим / Қуръон мўъжизалари / Qur’onning ilmiy mo”jizalaridan ayrim namunalar

Qur’onning ilmiy mo”jizalaridan ayrim namunalar

 Islom dini payg’ambari hazrat Muhammad Mustafo (sallallohu alayhi va olihi vasallam) ning pok ruhlariga va ul zotning Ahli Baytlariga salomu salavot yo’llab, Qur’onning ilmiy mo”jizalaridan ayrim namunalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Qur’oni Karim bashariyatni saodat manzili tomon boshlaydigan haqiqatlar va oyatlar majmuidan iborat. Bu muqaddas kitobning tabiat voqea-hodisalari haqidagi ilmiy mo”jizalari donishmandlarni hidoyatga boshlovchi dalillardir.
 Muborak «Oli Imron» surasining 190- oyati karimasida o’qiymiz:

إِنَّ فِي خَلْقِ السَّمَاوَاتِ وَالأرْضِ وَاخْتِلافِ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ لآيَاتٍ لأولِي الألْبَابِ

  «Osmonlar va Erning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashib turishida aql egalari uchun (bir yaratuvchi va boshqarib turguvchi Zot mavjud ekanligiga) oyat-belgilar borligi shubhasizdir.»
  Qur’on oyatlarida bu nuktaga ham ishora qilingankim, Parvadigori karim insonni yaratgach, uning vujudiga o’z sifatidan bir chimdim omonatga joylashtirgan. Inson hilqati zaminiga ekilgan bu ilohiy iste’dod urug’lari yaxshi parvarish etilsa, odamizot farzandi kamolotning yuksak darajalariga erishadi.
  Dengiz yaqinidagi er osti suv havzalariga dengiz suvining ta’sir etmasligi va uni sho’r yoki taxir aylamasligining sababi haqida o’ylab ko’rganmisiz?!
  Bu ikki suv o’rtasida er jinsining filtrь vazifasini o’tashini ta’kidlashingiz turgan gap. Ammo dengizlardagi sho’r va shirin suvlarning o’zaro bir-biriga qo’shilib ketmasligi-chi?!
  Bunday suvlarni bir-biridan ko’z ilg’amas chegaralar ajratib turishi haqida xabar berish Qur’oni Karimning ilmiy mo”jizalaridan biridir.
  Bilasiz, suv insoniyat va tirik mavjudotlar hayotining asosini tashkil etadi. Islomiy madaniyatda suv tiriklik ramzi, poklik va ozodalikning vositasi, barchaga tegishli bebaho boylik va ichimliklar orasida eng yaxshisi sifatida ta’riflangan.
  Suv so’zi Qur’oni Karimda 59 marotaba ishlatilgan. Juda ko’p oyati karimalarda suv hayotning asosiy manbai sifatida tilga olingan.
  Parvardigori karim muborak «Anbiyo» surasining 30-oyati karimasida buyuradi:

أَوَلَمْ يَرَ الَّذِينَ كَفَرُوا أَنَّ السَّمَاوَاتِ وَالأرْضَ كَانَتَا رَتْقًا فَفَتَقْنَاهُمَا وَجَعَلْنَا مِنَ الْمَاءِ كُلَّ شَيْءٍ حَيٍّ أَفَلا يُؤْمِنُونَ

  «Kofir bo’lgan kimsalar osmonlar ham, er ham (avvalda) to’siq (ya’ni osmonlardan yog’in yog’mas, erdan esa biron giyoh unmas) bo’lganini, bas, Biz ularni ochib yuborganimizni (ya’ni osmondan yog’in yog’dirib, erdan giyoh undirganimizni) va barcha jonli mavjudotni suvdan (paydo qilganimizni) ko’rmadilarmi?!»
  Allohning Rasuli hazrat Muhammad Mustafo (sallallohu alayhi va olihi vasallam) suvni dunyo va oxiratdagi eng yaxshi ichimlik deb ataganlar.
  Ul hazratning Ahli Baytlaridan bo’lmish imom Ali (alayhis salom) esa suvning ta’mini hayot ta’mi, deb vasf aylaganlar.
Shirin va sho’r suvlar suvshunoslik ilmining asosiy masalalaridan hisoblanadi. Ayni shu mavzuga oid Qur’oni Karimning ishoralari donishmandlarning diqqatini o’ziga jalb aylagan.
Qur’oni Karimning muborak «Furqon» surasi 53-oyati karimasida o’qiymiz:

وَهُوَ الَّذِي مَرَجَ الْبَحْرَيْنِ هَذَا عَذْبٌ فُرَاتٌ وَهَذَا مِلْحٌ أُجَاجٌ وَجَعَلَ بَيْنَهُمَا بَرْزَخًا وَحِجْرًا مَحْجُورًا

  «(Alloh) ikki dengiz –daryoni, bunisi chuchuk-shirin, bunisi sho’r—achchiq qilib oqizib qo’ygan va ularning o’rtasida to’siq-to’g’on va ko’rinmas parda qilib qo’ygan zotdir».

Share

Check Also

Qur’оn va bugungi ilmiy kashfiyotlar!

Shubhasiz, Qur’оni Karim – bu tabiiyot, tibbiyot, ruhshunоslik yoki riyoziyot (matyematika) kitоbi emas. Qur’оni Karim …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.